Rossiyaning PROMREYTING agentligi turli davlatlarning ichki bozor va milliy ishlab chiqarishini rivojlantirishga ko`mak beradigan chora-tadbirlarini tahlil qilib chiqdi.
Unda MDH mamlakatlarida avtomobil mahsulotlarining import va eksporti uchun bojxona to`lovlari bilan bog`liq holatlarga batafsil to`xtalib o`tdi.
Agentlik O`zbekiston hukumatining yangi import qilinadigan avtomobillar uchun import stavkalarini ikki baravarga (30 foizdan 15 foizga) qisqartirish to`g`risidagi qarorini quyidagicha sharhlagan.
“Bozorga tasir nuqtai nazaridan stavkalarning kamaytirilishi tez natija beradi”, – deya ta`kidlanadi unda.
PROMREYTING o`zining tadqiqotlarida 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O`zbekistonda avtomobillar importi 2021 yilning aynan shu davriga nisbatan qariyb 2 barobar oshganini va 2022 yilning dastlabki 6 oyida umumiy qiymati 395,9 mln dollar bo`lgan 16 308 dona avtomobil import qilinganini qo`shimcha qiladi.
Agentlik import uchun bojxona bojlari ikki tipga bo`linishini tushuntiradi, yani fiksal va proteksionistik.
Birinchi holat - bu mahsulot narxining 25 foizigacha bo`lgan stavka, maqsad davlat byudjetini to`ldirish.
Ikkinchi holat - 25 va undan yuqori bo`lgan stavka bo`lib, vazifasi mahalliy ishlab chiqarishni rag`batlantirish va himoya qilishdir. Ta`riflarni tartibga solish milliy avtosanoatni saqlab qolish va rivojlantirishning eng samarali usullaridan biridir. Qoidaga ko`ra, proteksionizm choralarga faqat o`z avtomobil sanoatini rivojlantiradigan davlatlargina murojaat qilishadi.
Raqobatbardosh sanoati allaqachon shakllangan davlatlar esa fiskal (moliyaviy) tariflarga o`tmoqda. Shu o`rinda takidlash joizki, boj masalasi davlatning Jahon savdo tashkilotida ishtirok etish shartlariga ham bog`liq. Masalan, Rossiya Jahon savdo tashkilotiga 2012 yilda azo bo`lganida avtomobillar uchun bojxona to`sig`ini bosqichma-bosqich pasaytirib, narxning 15 foizigacha tushirish majburiyatini olgan edi. Ungacha Rossiya Federasiyasida ko`p yillar davomida 25%li boj amal qilar edi.
Ochiq manbalardan olingan malumotlarga ko`ra, 2021 yilda dunyodagi eng yirik yangi avtomobil eksportchilari quyidagi davlatlar bo`lgan: Germaniya (tashqi bozorlarga etkazib berilgan avtomobillarning umumiy qiymati 139,1 milliard dollar), Yaponiya (85,6 mlrd dollar), AQSh (54,7 mlrd dollar), Janubiy Korea (44,3 mlrd dollar), Meksika (39,9 mlrd dollar). 2021 yilda duneda yangi avtomobillarning eng yirik importchisi AQSh bo`ldi (ushbu mamlakatga 148,1 milliard dollarlik avtomobil etkazib berildi), Germaniya (66,8 mlrd dollar), Xitoy (48,8 mlrd dollar), Fransiya (40,2 mlrd dollar), Buyuk Britaniya (35,8 mlrd dollar). Shuni takidlash kerakki, Germaniya va AQSh eng yirik importchi va eksportchi davlatlar ro`yxatidan o`rin olgan.
Dunyoning bir qancha mamlakatlarida bojxona to`lovlarining nol foiz stavkalari amal qiladi, shu jumladan, Gonkong, Shvesariya va Yaponiya. Etibor bering, birinchi ikki mamlakatning o`z avtosanoati yo`q, uchinchisida esa dunyodagi eng kuchli avtosanoatlardan biri mavjud bo`lib, ular hech qanday ochiq raqobatdan qo`rqmaydi.
Bundan tashqari, kunchiqar mamlakatning Tokio va boshqa yirik shaharlarida sotib olgan shaxsiy yoki ijaraga olingan avtomobilni to`xtash joyi bilan oldindan taminlamagan bo`lsangiz mashinangizni ro`yxatdan o`tkaza olmaysiz.
O`zbekiston uzoq vaqt davomida milliy avtomobil ishlab chiqaruvchi UzAuto Motors kompaniyasini rivojlantirish maqsadida bojxona to`siqlari bo`yicha proteksionizm siyosatiga amal qilgan. Hozirda esa UzAuto oyoqqa turib olgan va ustunlik o`zgargan: endi O`zbekiston hokimiyat organlari uchun asosiysi - mamlakat avtomobil bozorini to`ldirish (talab taklifdan jiddiy oshib ketgan ) va milliy avto ishlab chiqaruvchi “o`z yog`ida qovirilmasligi”uchun raqobat muhitini yaratishdir.
Ushbu nashr xulosasida ikki qo`shni davlat - O`zbekiston va Rossiyadagi avtomobillar uchun import bojlari teng, yani 15 foiz bo`lgan avtobozorlarni solishtirish turadi. Shu bilan birga ularda hozirgi vaqtda rivojlanishning butunlay boshqa yo`llari kuzatilmoqda. Rossiyaning eng yirik engil avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo`lgan AVTOVAZning konfigurasiyasi “kambag`allashib”, modellar qatori qisqarmoqda. O`zbekiston avtomobil kompaniyasi UzAuto Motors, aksincha, bozorga yangi modellarni kiritib ishlab chiqarishni kengaytirmoqda.