2022 yilning birinchi yarmida 336 408 ta tadbirkorlik sub`ekti tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlariga ko`ra, 650,4 trln so`mlik mahsulot va xizmatlar aylanmasi amalga oshirilgan.
Jami tovar aylanmasining chorak qismidan ko`prog`i – 168,3 trln so`m (25,9%) — savdo sohasida faoliyat yurituvchi 132 603 ta subekt tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda Davlat Soliq Qo`mitasi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, tovar aylanmasining qolgan qismi quyidagi yo`nalishlar bo`yicha taqsimlandi:
- qurilish - 50 trln so`m (7,7%);
- tashish va saqlash – 30,4 trln so`m (4,7%);
- qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi – 21,7 trln so`m (3,3%);
- axborot va aloqa – 11 trln so`m (1,7%);
- yashash va ovqatlanish xizmatlari – 5,4 trillion so`m (0,8%);
- sog`liqni saqlash – 2,5 trln so`m (0,4%);
- boshqa tarmoqlar – 76,6 trln so`m (11,8%).






