Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg`ona tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, er savdosi bilan bog`liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Fuqaro R.M. boshqa bir fuqaro A.ga tumandagi “Shifokor” MFY hududida joylashgan 30 sotix zaxira er maydonini 9 000 AQSh dollariga rasmiylashtirib olib berishga kelishib, shundan 70 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






