AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi ta`lim tashkilotlarida dars 5 sentyabrdan boshlanadi

'O`zbekistondagi ta`lim tashkilotlarida dars 5 sentyabrdan boshlanadi'ning rasmi

Ta`lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi O`zbekistondagi ta`lim tashkilotlarida dars 5 sentyabrdan boshlanishini ma`lum qildi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o`zbekistonliklar 4 kun dam oladi:

  • 1 sentyabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
  • 2 sentyabr — juma (ish haftasi turidan qat`iy nazar qo`shimcha dam olish kuni);  
  • 3 sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo`shimcha dam olish kuni);  
  • 4 sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

Demak, 5 sentyabr, dushanba kuni barcha ta`lim muassasalari uchun 2022-2023 o`quv yilining ilk o`qish kuni bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar