AsosiyJamiyat

Andijonda “Xalq banki” xodimlari bankomatlar uchun ajratilgan pullarni o`zlashtirib yubordi

'Andijonda  “Xalq banki” xodimlari bankomatlar uchun ajratilgan pullarni o`zlashtirib yubordi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tumani bo`limi tomonidan AT “Xalq banki” Andijon viloyat filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan naqd pullarni o`zlashtirgan sobiq bank xodimlari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 AT “Xalq banki” Buloqboshi filiali kassiri hamda buxgalter nazoratchisi vazifalarida ishlagan I.M. va Sh.Sh.lar joriy yilning 16-25 iyul kunlari o`zlariga biriktirilgan 3 ta bankomatga naqd pullarni joylashtirish vaqtida jami 111 mln so`mni o`zlashtirib olganliklari aniqlangan.

Tekshiruv davomida etkazilgan zararning to`liq qoplanishi ta`minlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar