AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 3 nafar fuqaro 1 milliard 564 ming so`mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganligi ma`lum bo`ldi

'Qashqadaryoda 3 nafar fuqaro 1 milliard 564 ming so`mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Shahrisabz, Ko`kdala va Nishonda 3 nafar fuqaro jami 1 milliard 564 ming so`mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda "O`zsuvta`minot" AJ Axborot xizmati xabar bergan.  

Unga ko`ra, joriy yilning iyul oyida mazkur tumanlarda o`tkazilgan reyd tadbirlari davomida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish viloyat hududiy inspeksiyasi va "Qashqadaryo suv ta`minoti" MChJ xodimlari tomonidan  3 ta holatda magistral quvurga noqonuniy ulanib, jami 1 mlrd 564 ming  so`mlik ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda foydalanilganlik holatlari aniqlandi hamda tegishli tartibda rasmiylashtirilib, to`plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi.

Achinarlisi, olis hududlarda minglab yurtdoshlarimiz kundalik ehtiyojlari uchun suv topolmay qiynalgan yozning chillasida ichimlik suvidan kimdir baliq ko`lini suv bilan to`ldirishda, yana kimdir beda, tarvuz ekilgan dalasini sug`orishda foydalanib kelgan.

 

    Boshqa yangiliklar