Cal avval traktor haydovchisi "To`raqo`rg`on" IESga tabiiy gaz etkazuvchi magistral quvurga shikast etkazgani haqida xabar bergan edik.
Shundan so`ng “O`ztransgaz” AJ Matbuot xizmati Farg`ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan Namangan viloyati To`raqo`rg`on Issiqlik elektr stansiyasiga tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha, 2022 yil 17 avgust soat 14:00dan 15:00gacha to`xtatilishini ma`lum qilgandi.
Ayni damda Energetika vazirligi bergan xabarga ko`ra, To`raqo`rg`on IESga tabiiy gaz etkazib berilishi tiklandi. Stansiya umumiy tarmoqqa elektr energiya uzata boshladi.
Soat 18:33 da 1-son energoblok tarmoqqa ulanib elektr energiyasini uzatishni boshladi.
Stansiya soat 19:30 dan to`liq quvvatda ishlay boshlashi aytiladi.
Ma`lumotga ko`ra, yo`qotilgan quvvatni tiklash uchun Toshkent, Yangi Angren, Sirdaryo IESlari hamda Chorvoq gidroelektr stansiyassidagi zaxira energobloklar ishga tushirilgan.