AsosiyJinoyat

Fermer xo`jaligi ish yurituvchisi 5 kishining imtiyozli kredit mablag`ini o`zlashtirib olgan

'Fermer xo`jaligi ish yurituvchisi 5 kishining imtiyozli kredit mablag`ini o`zlashtirib olgan'ning rasmi

Aslida, mablag` 5 nafar fuqaroga chorva mollarini etkazib berish uchun ajratilgan edi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G`ozg`on shahar bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda “U.T.” fermer xo`jaligi sobiq ish yurituvchisi A.J. 5 nafar fuqaro nomiga ajratilgan 156 mln so`m imtiyozli kredit evaziga ularga chorva mollari etkazib berilganligi to`g`risida soxta hisobotlar tuzib, kredit mablag`ini o`zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

    Boshqa yangiliklar