AsosiyJinoyat

"Agrobank” xodimlari surxondaryolik fuqaroning plastigidan o`ziga sezdirmay 50 millionga yaqin pullarini "echib" oldi

'"Agrobank” xodimlari surxondaryolik fuqaroning plastigidan o`ziga sezdirmay 50 millionga yaqin pullarini "echib" oldi'ning rasmi

Mansabdor shaxslar tomonidan bank kartalari bilan bog`liq sodir etilgan jinoyat  

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashovchi fuqaro O.S. ariza bilan murojaat qilib, arizasida o`ziga tegishli bo`lgan “Humo” bank kartasida bo`lgan jami 48.640.550 so`m miqdoridagi pullar noma`lum shaxslar tomonidan echib olinganligini bildirgan.  Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida O.S. ismli fuqaroning bank kartasidan pullarini o`g`irlagan shaxslar “Agrobank” Oltinsoy tumani bo`limi xodimlari, Sho`rchi tumanida yashovchi, Q.Sh. va A.S. ekanligi aniqlandi.  

Ushbu fuqarolarga nisbatan JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borildi.

 

    Boshqa yangiliklar