AsosiyJamiyat

Ural hududlaridan salqin havo kirib kelmoqda. Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'Ural hududlaridan salqin havo kirib kelmoqda. Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

Dam olish kunlari O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha kam bulutli va salqin ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Gidrlmeteorologiya xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun va dam olish kunlari O`zbekiston hududiga Ural hududlaridan quruq va salqin havo kirib kelishi davom etadi.

Respublika bo`yicha asosan kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 avgustda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zi joylarda chang-to`zonlar kuzatiladi. Respublikaning ayrim hududlarida shamolning kuchayishi 24-27 m/s ga etishi mumkin.

Bugun kunduz kuni havo harorati 32-35° atrofida bo`ladi, shanba va yakshanba kunlari esa yanada salqinlashadi. Kechasi va ertalab harorat 12-15° gacha pasayadi, kunduz kunlari esa 27-30° atrofida bo`ladi. Bunday harorat foni ushbu davr uchun iqlimiy me`yordan 3-5° ga pastdir.

    Boshqa yangiliklar