AsosiyJamiyat

Bundan buyon er va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshiriladi — Prezident

'Bundan buyon er va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshiriladi — Prezident'ning rasmi

Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan muloqoti davom etmoqda.
Prezident ilgari surgan ikkinchi tashabbus – tadbirkorlarimiz faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratishdir.

Bu borada kichik biznes loyihalariga 20 trillion so`m yo`naltiriladi.

Uchinchi yo`nalish haqida so`z yuritar ekan, Prezident kredit berish masalaning faqatgina bir tomoni ekani, biznes yurib ketishi uchun etarli shart-sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor kerakligini alohida qayd etdi.

Shu sababli, eng avvalo, tuman va shaharlarning sharoitidan kelib chiqib biznes uchun alohida yondashuvlar joriy etiladi.

To`rtinchi yo`nalish - tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish masalasidir.

Bundan buyon er va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

«Fursatdan foydalanib, barcha hokimlarning e`tiborini bir masalaga qaratmoqchiman – mulk huquqiga oid qarorlarni ular tomonidan bekor qilishga yo`l qo`yilmaydi», - dedi Shavkat Mirziyoev.

Ya`ni, huquq beruvchi hujjatni faqat sud haqiqiy emas, deb topishi mumkin bo`ladi.
 

    Boshqa yangiliklar