AsosiyJamiyat

Savdo-sanoat palatasi Hukumat bo`ysunuvidan to`liq chiqariladi

'Savdo-sanoat palatasi Hukumat bo`ysunuvidan to`liq chiqariladi'ning rasmi

SSP va uning hududiy bo`linmalarining faoliyati ham tubdan o`zgaradi. Bu haqda Davlat rahbari tadbirkorlar bilan muloqoti davomida ma`lum qildi. 

  • tuman, shahar tadbirkorlarini birlashtirib, ularni qiynayotgan muammo va masalalarni aniqlash bilan amalda shug`ullanadi;

 

  •  har bir tuman va shaharda ilg`or metodikalar asosida biznesga o`qitish maktablarini tashkil qiladi;

 

  •  hokim va boshqa hududiy rahbarlarga ko`rib chiqishi majburiy bo`lgan taqdimnomalar kiritish vakolatiga ega bo`ladi;

 

  •  mahalliy Kengash va hokimlar bilan har oy kamida ikki marta tanqidiy muhokamalarni o`tkazadi.

 

Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasining o`ziga ham:

  •  Hukumatga ko`rib chiqishi majburiy bo`lgan masala kiritish;

 

  •  tadbirkor manfaatini ko`zlab  Oliy sudga ariza berish hamda iqtisodiy, ma`muriy va jinoyat ishlari bo`yicha sud qarorlarini qayta ko`rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish vakolatlari beriladi.

 

Savdo-sanoat palatasi Hukumat bo`ysunuvidan to`liq chiqariladi.

    Boshqa yangiliklar