Ma`lum muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumani hududida 99 tup daraxtning ildizi shikastlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shundan so`ng mas`uliyatsizlikka yo`l qo`ygani uchun poytaxt hokimi va prokuroriga qattiq hayfsan berilgandi.
Prezident topshirig`iga asosan, Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi Sh.Mavlonov va prokurori I.Bozorov lavozimidan ozod etilgandi.
Ayni damda ma`lum qilinishicha, lavozimidan ozod etilgan bu ikki shaxs o`rniga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Xusuan, Muradov Jahongir Chilonzor tumani prokurori etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Bekobod shahar prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.
Murodullaev Alisher esa Chilonzor tumani IIB boshlig`i bo`ldi. Bunga qadar u Toshkent shahar IIBda ishlagan.
Eslatib o`tamiz, biroz avval Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlangani e`lon qilingandi.






