Rossiyaning Kuzbass viloyatida yashovchi olti nafar o`zbekistonlik ikki marta migrasiya qonunchiligini buzgani uchun mamlakatdan chiqarib yuboriladi, deb xabar berdi "Moskovskiy Komsomoles" deb yozadi Zamon sayti.
Unga ko`ra, olti nafar O`zbekiston fuqarosi joriy yilning 7 iyunidan boshlab Mariinsk shahrida migrasiya ro`yxatidan o`tmasdan noqonuniy yashab kelgani aytilmoqda. Migrantlar ma`muriy javobgarlikka tortilib, ularning har biriga 2000 rubl (366 541 so`m) miqdorida jarimaga belgilangan.
«Ular jarimani to`lagan, biroq migrasiya ro`yxatidan o`tish qoidalarini buzish shaklida Rossiyada bo`lish rejimini bir necha bor buzgan, ya`ni Kuzbass hududida noqonuniy qolishni davom ettirgan», deyiladi Mariinskiy shahar sudi bayonotida.
Sud har bir migrantga 5000 rubl (916 354 so`m) miqdorida jarima va Rossiyadan ma`muriy tarzda chiqarib yuborishni belgilagan.