2023 yil 1 apreldan boshlab mualliflik huquqi ob`ektlarining elektron nazorat nusxalari majburiy tartibda Yagona bazada saqlanadi.
Unga ko`ra, mualliflik huquqi ob`ektlarining yagona bazasini yuritish, texnik ta`minlash hamda mualliflik huquqi ob`ektlarining elektron nazorat nusxalarini bazaga kiritish Intellektual mulk markazi tomonidan muvofiqlashtirilishi belgilab qo`yildi.
Ob`ektning elektron nazorat nusxalari depozitariylar tomonidan joylashtiriladi.
Yagona ma`lumotlar bazasida quyidagilar saqlanishi ma`lum bo`ldi:
– adabiy, drama va ssenariy asarlar;
– matnli yoki matnsiz musiqiy asarlar;
– xoreografiya asarlari va pantomimalar;
– audiovizual va fotografiya asarlar;
– rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn ishi va boshqa tasviriy san`at asarlari;
– barcha turdagi elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar.
Mualliflik huquqi ob`ektining elektron nazorat nusxalari Yagona bazada muddatsiz saqlanadi.






