AsosiyJamiyat

Ruminiya elchisi Hazrati Sulton cho`qqisida turib o`zbek halqini Mustaqillik kuni bilan o`zbek tilida tabrikladi(video)

'Ruminiya elchisi Hazrati Sulton cho`qqisida turib o`zbek halqini Mustaqillik kuni bilan o`zbek tilida tabrikladi(video)'ning rasmi

2022 yil 20 avgust kuni Ruminiyaning O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Daniel Kristian Chobanu Qashqadaryo viloyatidagi Hazrati Sulton cho`qqisiga  ko`tarildi.  Bu haqda elchixona Darakchi.uz`ga xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, elchining 4083 metr balandlikka ega cho`qqiga ko`tarilishi O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan amalga oshirilgan. Ruminiya elchisi Hazrati Sulton cho`qqisida turib o`zbek halqini Mustaqillik kuni bilan o`zbek tilida tabrikladi. 

"Ruminiya O`zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish istagida. O`zbekiston bilan siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy va ta`lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlash Ruminiyaning Markaziy Osiyodagi ustuvor manfaatlaridan biridir. O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar Ruminiya va O`zbekiston o`rtasidagi muloqot va aloqalarni barcha sohalarda kengaytirish uchun yaxshi istiqbollar ochmoqda. Ruminiya ham Evropa Ittifoqi va O`zbekiston o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashni qo`llab-quvvatlashda davom etadi", – deyiladi ma`lumotda.

Janob Daniel Kristian Chobanu Hazrati Sulton cho`qqisiga muvaffaqiyatli chiqqan birinchi Favqulodda va muxtor elchidir. U 2021 yilda mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan 3309 metr balandlikdagi Katta Chimyon cho`qqisini zabt etgan. 2011 yildan 2016 yilgacha Chobanu Ruminiyaning Ozarbayjon Respublikasidagi elchisi bo`lgan. 

 

    Boshqa yangiliklar