Poytaxtning Yashnobod tumani hududidan o`tuvchi temir yo`lda harakatlanib ketayotgan elektropoezd 35 yoshdagi ayolni urib yubordi. Bu haqda "Milliy" telekanalda ma`lum qilindi.
Halokat joriy yilning 16 avgust kuni soat taxminan 23:30larda sodir bo`lgan.
Surishtiruv davomida ayol mast holatda temir yo`lda o`tirgani aniqlangan. Qayd etilishicha, mashinist bir necha bor signal bergan, ammo ayol o`ta mast holda bo`lgani uchun o`rnidan tura olmagan. Poezd favqulodda to`xtatilganiga qaramay, ayolga tegib ketadi.
Jarohatlangan ayol tez yordam mashinasida shu hududga eng yaqin joylashgan shifoxonaga olib borilgan va tibbiyot xodimlarining yordami bilan davolanib, uyiga jo`natilgan.
Ayolning mahallasida istiqomat qiladigan qo`shnisining so`zlariga ko`ra, u spirtli ichkilikka ruju qo`ygan bo`lib, avval ham avtohalokatga uchrab, tirik qolgan.






