AsosiyDunyo

Trampning qo`lida qancha maxfiy material borligi e`lon qilindi

'Trampning qo`lida qancha maxfiy material borligi e`lon qilindi'ning rasmi

Sobiq prezidentning uyi 9 avgust kuni tintuv qilingandi.

Sal avval Trampning uyi ogohlantirishlarsiz tintuv qilingani haqida xabar bergandik.

Ayni damda Zamon.uz' saytining e`lon qilishicha, Donald Tramp o`z qarorgohida eng kamida 300 ta maxfiy hujjat saqlagan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, 150 ta hujjatni sobiq prezident yanvarda AQSh arxiv va hujjatlar milliy boshqarmasiga bergan. Qolgan materiallar adliya vazirligiga taqdim etilgan.

"Hozirda Trampning qo`lida 26 quti hujjatlar qolgan. Ulardan 11 to`plamini maxfiy materiallar tashkil etadi, bittasi esa "o`ta maxfiy" grifi ostida saqlanadi. Hukumat ixtiyoriga qaytgan ma`lumotlar Markaziy razvedka boshqarmasi, milliy xavfsizlik agentligi va Federal qidiruv byurosiga tegishli",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar