1

Qashqadaryoda madaniy meros yodgorligiga 47,5 mlrd. so`mlik zarar etkazilgani aniqlandi

Jinoyat 24.08.2022, 09:23
Qashqadaryoda madaniy meros yodgorligiga 47,5 mlrd. so`mlik zarar etkazilgani aniqlandi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumani Darxon mahallasida yashovchi R.O. mas`ul idoralarning bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan, ushbu hududda joylashgan “Kunjutlitepa” arxeologiya yodgorligini to`liq buzib, undan chiqqan tuproqni sotib yuborib, madaniy merosga 47,5 mlrd. so`mlik zarar etkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura Axborot xizmati xabar bermoqda.

Holat yuzasidan Yakkabog` tumani prokuraturasi tomonidan 2022 yil 15 avgust kuni Jinoyat kodeksining 132-moddasi 3-qismi (Moddiy-madaniy meros ob`ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, sudning ajrimi bilan fuqaro R.O. qamoqqa olingan.

Eslatib o`tamiz, Joriy yilda jinoyat qonunchiligiga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, tarixiy yodgorliklarni buzish, shikast etkazish va nobud qilish uchun javobgarlik choralari jiddiy ravishda kuchaytirilib, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Mazkur qonun mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va internet tarmog`ida keng yoritilgan bo`lishiga qaramay, madaniy meros ob`ektlariga shikast etkazish holatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1