AsosiyJamiyat

Andijon, Namangan, Termiz davlat muzeylariga katta miqdorda zarar etkazilgani aniqlandi

'Andijon, Namangan, Termiz davlat muzeylariga katta miqdorda zarar etkazilgani aniqlandi'ning rasmi

Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi boshchiligida Ishchi guruh tomonidan joriy yilning iyun - iyul oylari Andijon, Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeylarida hamda Termiz davlat muzey qo`riqxonasida saqlanayotgan noyob ashyolar xatlovdan o`tkazildi hamda ularning saqlanishi va havfsizlik holati o`rganildi.

Madaniy meros agentligi bu haqda Darakchi.uz'ga xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida jami 4 dona, Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida jami 9 dona ashyolar muzeyning Kirim va Inventar kitoblari hamda ilmiy pasportlarining tavsifnomalariga, o`lchami, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo`yicha mos kelmasligi aniqlandi.

Shuningdek, Termiz davlat muzey qo`riqxonasida ham o`rganishlar olib borilgan va jami 24 dona ashyolar muzeyning Kirim va Inventar kitoblari hamda ilmiy pasportlarining tavsifnomalariga, o`lchami, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo`yicha mos kelmasligi, 58 nomdagi ashyolar  muzey fondida yo`qligi ma`lum bo`lgan.

Xulosalarga ko`ra, Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida aniqlangan zarar qiymati 31.000.000 so`mni, Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida 23.700.000 so`mni, Termiz davlat muzey qo`riqxonasida 3.466.800.000 so`mni tashkil qilgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar