AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus YTHga uchradi

'Toshkentda avtobus YTHga uchradi'ning rasmi

Hodisa, bugun 24 avgust kuni soat 16:00 larda, "8-Avtobus saroyi" filiali haydovchisi bilan sodir bo`lgan.

U avtobusni 5A-yo`nalishda THAY ko`chasi bo`ylab Bog`ishamol ko`chasi tomonga boshqarib borayotib, oldida yo`lovchi olish uchun keskin to`xtagan "Matiz"rusumli engil avtomobil bilan to`qnashuv sodir qilgan. Shundan so`ng ushbu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan "Damas" rusumli engil avtomobil avtobusning orqa qismiga kelib urilgan.

Dastlabki malumotlarga ko`ra, ushbu yo`l-transport hodisasi natijasida ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan va ularga shifoxonada tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

"Hozirda mazkur yo`l-transport hodisasi Toshkent shahar Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hamda "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo`limi tomonidan xizmat surishtiruvi o`tkazilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar