AsosiyJamiyat

"Kosmetik ta`mirlash ishlariga ruxsat berilgan"

'"Kosmetik ta`mirlash ishlariga ruxsat berilgan"'ning rasmi

"Navoiy-30"dagi ta`mirlash ishlari yuzasidan munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumani Navoiy ko`chasi 30-uy — AOKA binosini ta`mirlash ishlari tegishli ruxsatsiz amalga oshirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Olib borilayotgan ishlar yuzasidan Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, agentlik tomonidan binoga shikast etkazmasdan uning asl holati, tarixiyligini saqlab, o`rnatilgan tartibda fasad qismini kosmetik ta`mirlash ishlari amalga oshirishga ruxsat berilgan.

"Ob`ektni kosmetik ta`mirlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi nazorati ostida olib borilmoqda",-deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar