Ma`lum qilinishicha, bu ishda gumonlanib, tergov organlaridan yashirinib yurgan, tumanning Havzak mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan K.D. qidiruv tadbirlari natijasida qo`lga olindi.
"Viloyat va tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan keng qamrovli qidiruv tadbirlari natijasida ushbu shaxs dastlab, Jizzax viloyati Zarbdor tumanida, keyinchalik Arnasoy tumanida yashirinib yurgani to`g`risida ma`lumot olingan",-deyiladi xabarda.
Pastdarg`om tumanida 1961 yilda tug`ilgan ayolni nomusiga tekkanlikda gumonlangan shaxsni topish yuzasidan tezkor qidiruv harakatlari olib borigan va u Arnasoy tumanida joylashgan ko`l ortilaridagi chekka bir hududida yashirinib yurgan vaqtda IIB xodimlari tomonidan qo`lga olingan.
U ayni paytda Pastdarg`om tumani IIBga olib kelingan va tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu shaxsga nisbatan 2022 yilning 12 mart kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgandi. Sirtdan ayblov e`lon qilinib, qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo`llanilib, qidiruv e`lon qilingan.