Afg`onistondagi Rossiya elchixonasi yonida 5 sentyabr kuni xudkush terrorchi o`zini portlatib yuborgani haqida xabar berilgan edi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mazkur teraktda diplomatik missiyaning ikki nafar rossiyalik xodimi halok bo`lganini tasdiqladi.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi sodir etilgan hamda diplomatik vakolatxona xodimlari va Afg`oniston fuqarolarining qurbon bo`lishiga olib kelgan terrorchilik harakatini qat`iy qoralashini bildirdi.
"Ushbu g`ayriinsoniy harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash uchun barcha zarur choralarni ko`rishga chaqiramiz.
Halok bo`lganlarining oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog`ayib ketishini tilaymiz", – yiladi TIV bayonotida.






