“UzAuto Motors” AJ zamonaviy dizayn, xavfsizlik, qulaylik, samaradorlik va tejamkorlikni o`zida mujassam etgan ixcham krossover Chevrolet Tracker avtomobilini etkazib berishni boshladi. Bu haqda “UzAuto Motors” matbuot xizmati xabar bermoqda.
2022 yil 5 sentyabr kuni eng ilg`or xavfsizlik texnologiyalari bilan jihozlangan Chevrolet Tracker modelining egalariga avtomobilning kalitlari topshirildi.
Eslatib o`tamiz, 30 avgust kuni Chevrolet Tracker avtomobilini sotib olish uchun shartnoma tuzish boshlangandi.
E`tiborlisi, avtomobillarga shartnoma tuzish boshlangan birinchi kunning o`zidayoq, avtosalonlarda bir necha soat ichida yangi modelni xarid qilish istagini bildirgan xaridorlar tomonidan 1.5 mingdan ortiq avtomobil uchun shartnoma imzolangan. Sotuv boshlangan birinchi kunning o`zida jami 7 471 dona avtomobil uchun shartnoma tuzilgandi.
O`zgacha dizayn va zamonaviy opsiyalar hamda yuqori xavfsizlik texnologiyalariga ega bo`lgan ushbu avtomobil modeli yurtimiz avtomobilsozlik sanoati rivojlanishida oldinga tashlangan yana bir ulkan muvaffaqiyatli qadam bo`ldi.






