AsosiyJamiyat

Toshkentda yoshlar va Turkiyaning ishberuvchi kompaniyalari o`rtasida uchrashuv tashkil etiladi

'Toshkentda yoshlar va Turkiyaning ishberuvchi kompaniyalari o`rtasida uchrashuv tashkil etiladi'ning rasmi

"TALENTforBİZ" deb nomlangan ushbu tadbir birinchi marta 2019 yili “Kickstart Your Career in Turkish Global Companies”  shiori ostida o`tkazilgan. Undan ko`zlangan maqsad Turkiyaning tanilgan markalariga turli millatdan yosh iqtidor sahiblari bilan uchrashish imkonini yaratishdan iborat. Bu kabi tadbirlar joriy yilning may oyida Gollandiya, Angliya va Germaniyada o`tkazildi. 

Yoshlar katta qiziqish bildiragan ushbu tadbir o`z faoliyatini 2022 yil 17 sentyabrda O`zbekistonning Toshkent shahrida davom ettiradi.

2019 yilda 69 idora va tashkilot ishtirokida 4 mamlakatda (O`zbekiston, Angliya, Janubiy Africa, Germaniya) o`tkazilgan "TALENTforBİZ", 2020 yilda COVID-19  pandemiyasi tufayli 3 mamlakatda (O`zbekiston, Pokiston va Qozog`iston) 49 idora va tashkilot ishtirokida amalga oshirildi. 2021 yilda esa kuchaygan pandemiya sababli o`tkazilmadi.

Bu yil Toshkentda uchinchi marta tashkil etilayotgan tadbirda O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan, Turkiyaning ilg`or firmalari bilan yoshlarni uchrashtirish va minglab yoshlarning har ikki davlatdagi ish imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsad qilib qo`yilgan. Uchrashuvda yosh talant sohiblari ilg`or turk firmalari bilan yuzma-yuz muloqot qilish va ish/staj imkoniyatlarini qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ladi.

Toshkentdagi tadbir doirasida "Chalik Enerji", "Ziraat Bank", "Turk Havo Yo’llari" kabi O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan turk idora va tashkilotlarining ish/staj intervyularini ham o`z ichiga olgan o`nlab muloqotlarni amalga oshiradi. "TUSASH" va "ASELSAN TUSASh" va "ASELSAN" esa Toshkentda tashkil etilgan Olmazor Inkubasiya Markazida ochiladigan ofislarida ish bilan ta`minlaydigan yosh o`zbek muhandislari bilan bo`ladigan intervyularini amalga oshiradi. Shiningdek, ishtirokchi firmalar tashkil etadigan ma`lumot berish stendlari, amaliy taqdimotlari, inson resurslari bo`yicha mutaxassislardan intervyular va fikr-mulohazalar bilan yoshlarimizning kar`eradagi odimlari ham qo`llab-quvvatlanadi.

Ikki qardosh davlat o`rtasidagi aloqalar kar`era sohasida ham rivojlantirilib, yoshlarga kar`era qilish imkoniyati taqdim etiladi , ishtirokchi firmalarga esa O`zbekistondagi faoliyatlarida zarur bo`lgan inson resursiga ega bo`lishlari osonlashtiriladi.

Tadbirlarga ishtirok etishni istagan yoshlar qaydlarini “Qobiliyat eshigi” (Etenek Kapısı) raqamli platforma orqali amalga oshirilishlari bilan birga  "TALENTforBİZ"da olib boradigan ish/staj intervyularini va turli kar`era murojaatlarini ham shu tizim orqali tugallashi mumkin bo`ladi.

Shu sababli yoshlarimizning o`z qobiliyatlarini idora va tashkilotlarga eng to`g`ri bir tarzda etkazishlari uchun “Qobiliyat Eshigi” platformasidagi profillarini kamchiliklarsiz to`ldirishlari va muntazam yangilab turishlari tavsiya qilinadi.

Batafsil ma`lumotlar "TALENTforBİZ" veb sayti bo`lgan www.talentforbiz.org manzili hamda @talentforbiz ijtimoiy tarmog`i orqali taqdim etilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar