Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 11-sinf o`quvchisi o`zini osib qo`ydi. Mazkur hodisa bo`yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati "darakchi.uz"ga max`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilishcha, o`quvchining o`z joniga qasd qilgani bo`yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat Nishon tumani Prokuraturasi tomonidan o`rganilmoqda.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi ham hodisaning sabablari yuzasidan o`rganish ishlarini olib bormoqda.






