Kinematografiya agentligi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, qozog`istonlik xonanda, teleboshlovchi va aktyor Tauekel Musilim XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyuradi.
Aktyor Qozog`iston delegasiyasining boshqa vakillari bilan birga qizil yo`lakdan o`tadi. U kinofestivalning rasmiy ochilish marosimi va “Baron 2: Sog`inch” filmining premerasida ishtirok etadi. Xabaringiz bor, u aynan mazkur filmda bosh rollardan birini ijro etgan. Uning ijrosi o`zbek tomoshabinlari uchun ham qiziqarli bo`ldi.
Shuningdek, Tauekel Musilim “Ko`rkut-Ata” o`zbek-qozoq serialining qo`shma loyihasi taqdimotida ham ishtirok etadi, deyiladi xabarda.






