"Hududgaz Poytaxt" gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabariga ko`ra, Toshkentning Olmazor va Yakkasaroy tumanlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Xususan, 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida Olmazor tumani, Sag`bon 4-berk ko`chasi hududida joylashgan er osti o`rta bosimli D-76 mmli hamda past bosimli D-40 mmli er usti gaz quvurlarini ta`mirlash ishlari olib boriladi.
Shu sababli 2022 yil 13 sentyabr kuni soat 10:00 dan 17:30ga qadar "Hofiz Kuhakiy" mahallasidagi 125 ta hovli xonadonlarda hamda 9 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.
Shundan:
1. Nonvoyxona-6 ta;
2. Ofis-1 ta;
3. Ovqatlanish shoxobchasi-2 ta.
Shuningdek, Yakkasaroy tumani, Bahodir ko`chasida joylashgan o`rta bosimli D-89 mmli er usti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilmoqda. Bu orada 2022 yil 13 sentyabr kuni soat 11:00 dan 17:00ga qadar Bahodir ko`chasidagi 2 ta ko`p qavatli uydagi 150 ta xonadonlarda hamda 2 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.
Shundan
1. Ovqatlanish shoxobchasi-1 ta;
2. Mehmonxona-1 ta.
"Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi ", — deyiladi noqulayliklar uchun aholi va gaz iste`molchilaridan uzr so`rab.






