AsosiyJamiyat

Gulnora Karimova ishi: Shveysariya sudlarida yana 350 million AQSh dollari miqdoridagi mablag`larni musodara qilish masalasi ko`rib chiqilmoqda

'Gulnora Karimova ishi:  Shveysariya sudlarida yana 350 million AQSh dollari miqdoridagi mablag`larni musodara qilish masalasi ko`rib chiqilmoqda'ning rasmi

Ayni vaqtda  Adliya vazirligida O`zbekiston Respublikasining ayrim fuqarolari tomonidan jinoiy yo`l bilan orttirilgan va xorijiy davlatlarga olib chiqib ketilgan aktivlarni qaytarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, joriy yilning 16 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederasiyasi o`rtasida imzolangan G. Karimova ilgari tegishli bo`lgan aktivlarni qaytarishga qaratilgan Restitusiyaga oid bitim bo`yicha matbuot tadbiri bo`lib o`tmoqda. Bu haqda "darakchi.uz" muxbiri xabar bermoqda. 

Ta`kidlanishicha O`zbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederasiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tergov doirasidagi hamkorligi va birgalikdagi keng ko`lamli sa`y-harakatlari natijasida Gulnora Karimova va uning boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh a`zolarining aktivlarini musodara qilish bo`yicha ishlar Shveysariya sud organlariga oshirilgan.

Qayd etilishicha, undirilishi lozim bo`lgan jami summa davom etayotgan jinoiy ish jarayoniga bog`liq bo`ladi, lekin taqriban 686 million AQSh dollariga teng.

Ushbu ishlar Shveysariya sudlarida ko`rib chiqilib, taqriban 336 million AQSh dollari uzil-kesil musodara qilingan. Shundan 131 mln AQSh dollari O`zbekistonga qaytishi xal bo`ldi, 205 mln AQSh dollari bo`yicha esa yakuniga etmoqda.  

Hozirgi kunda, qo`shimcha taqriban 350 million AQSh dollari miqdoridagi mablag`larni musodara qilish masalasi Shveysariya sudlarida ko`rib chiqilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar