AsosiyJamiyat

Aeroportda provokasiya uyushtirgan "kirakashlar" masalasiga IIBB tomonidan munosabat bildirildi

'Aeroportda provokasiya uyushtirgan "kirakashlar" masalasiga IIBB tomonidan munosabat bildirildi'ning rasmi

"Uzbekistan Airports" rahbari Toshkent xalqaro aeroportida rasmiy taksi ishga tushirilgach, noqonuniy taksichilar  bir necha bor provokasiya uyushtirganini  yo`lovchilar xavfsizligiga tahdid ekanligini ta`kidlab, "kirakashlar" masalasini Aeroportning o`zi  hal qilolmasligini, muammoni hal qilishda huquq-tartibot idoralari qo`llab-quvvatlashi kerakligini bildirgan edi. 

Vaziyat yuzasidan ma`lumot bergan Toshkent shahar IIBBga ko`ra,  15 sentyabr kuni Toshkent shahar IIBB boshlig`i general-mayor Aziz Tashpulatov va “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi Anvar Djuraev aeroport hududi atrofidagi yo`lovchi tashish bilan shug`ullanuvchi haydovchilar bilan uchrashib, profilaktik suhbat o`tkazgan hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berishgan.

 

    Boshqa yangiliklar