AsosiyJamiyat

Farg`onadagi bog`chada bolalar ovqatdan zaharlandi

'Farg`onadagi bog`chada bolalar ovqatdan zaharlandi'ning rasmi

Viloyat prokuraturasi holat bo`yicha ma`lumot berdi.

Aniqlanishicha, kecha Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasiga tumandagi 39-sonli Davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 8 nafar voyaga etmaganlar alimentar diareya (nomutanosib ovqatlanish oqibatida ovqat hazm qilish tizimining buzilishi) birlamchi tashhisi bilan yotqizilgan. 

Ta`kidlanishicha, bemorlarning umumiy holati qoniqarli.

Shuningdek, bugun ham 33 nafar qayd qilingan muassasa tarbiyalanuvchilarning ota-onalari farzandlarini salomatligini tibbiy ko`rikdan o`tkazish maqsadida tibbiyot muassasasiga murojaat qilishgan.  

Ularda kasallik alomatlari aniqlanmagan, 20 nafari kuzatuv ostida shifoxonada qoldirilib, 13 nafari shifoxonadan chiqarilgan.

"Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda, ekpertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan",—deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar