2022 yil 1 maydan boshlab stipendiyalar har oyning 5-sanasiga qadar berilishi lozim va shart.
Bu bo`yicha aprel oyida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli qaror imzolangan.
"Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga va oilalarga tegishli jamg`armalar mablag`lari hisobidan ko`rsatiladigan moddiy yordamlar, mehnat organlari tomonidan to`lanadigan ishsizlik nafaqasi va stipendiyalar hamda jazoni o`tab ozodlikka chiqqan fuqarolarga to`lanadigan moddiy yordam pullari har oyning 5-sanasiga qadar moliyalashtiriladi hamda pensiya va nafaqalar bilan bir vaqtda AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga etkaziladi" — deya qayd etiladi unda.






