AsosiyJamiyat

Bugun harorat 27-32 daraja bo`lishi kutilmoqda

'Bugun harorat 27-32 daraja bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Xorazm viloyatida ertalab ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, Samarqand, Jizzax viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27-32° ni tashkil etadi. 

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 29-31° bo`ladi.

Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-22° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar