Qirg`iziston va Tojikiston xavfsizlik idoralari rahbarlari mahalliy vaqt bilan 16:00 da o`t ochishni to`xtatishga kelishib oldi. Bu haqida Qirg`iziston Davlat xavfsizlik qo`mitasi ma`lum qilgan.
Eslatib o`tamiz, bugun, 16 sentyabr kuni qirg`iz-tojik chegarasida otishma sodir bo`ldi.
Ayni paytda ham Qirg`iziston va Tojikiston chegarasida qurolli to`qnashuvlar davom etmoqda, tomonlar bir-birini provokasiyada ayblamoqda.
Ayni paytda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo Davlat rahbarlari kengashi yg`ilishida ishtirok etayotgan Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov bir muddat o`z o`rnini tark etgan va qaftib kelgan.
Qirg`iziston Jo`qorg`i Keneshi spikeri Talant Mamitovning ma`lum qilishicha, Sadir Japarov Samarqanddan qaytadi va soat 17:00 da chegaradagi vaziyat bo`yicha yig`ilish o`tkazadi.