Moliya vazirligi Tashabbusli budjet jarayoni 2022 yil ikkinchi mavsumi yakunlanganligini ma`lum qildi.
Ovoz berish bosqichi yakunlariga ko`ra, mamlakat bo`ylab jami 1418 ta loyihalar g`olib deb topilgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 1 trln so`mdan ortiq mablag`lar yo`naltiriladi.
"Shu munosabat bilan, mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan holda, kelgusida ham o`z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etilishida faol ishtirok etishingizni, tashabbus ko`rsatishingizni so`rab qolamiz", – deyiladi vazirlik xabarida.






