AsosiyJamiyat

"Tashabbusli byudjet" loyihasining 2-mavsumi yakunlandi

'"Tashabbusli byudjet" loyihasining 2-mavsumi yakunlandi'ning rasmi

"Tashabbusli byudjet" loyihasining joriy yilgi 2-mavsumi yakunlandi. Bu haqda Moliya vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Aziz fuqarolar!

Mamnuniyat bilan Tashabbusli byudjet jarayoni 2022 yil 2-mavsumi yakunlanganligini ma`lum qilamiz. Ovoz berish bosqichi yakunlariga ko`ra, mamlakatimiz bo`ylab jami 1418 ta loyihalar g`olib deb topildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 1 trln. so`mdan ortiq mablag`lar yo`naltiriladi.

Shu munosabat bilan mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan holda, kelgusida ham o`z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etilishida faol ishtirok etishingizni, tashabbus ko`rsatishingizni so`rab qolamiz, deyiladi xabarda.

Quyidagi havola orqali ro`yxat bilan to`liq tanishishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar