AsosiyJamiyat

“Qashg`ar – O`sh – Andijon – G`alaba – Hayraton” yangi tranzit yo`nalishi bo`ylab konteyner poezdini sinov tariqasida ishga tushirish boshlandi

'“Qashg`ar – O`sh – Andijon – G`alaba – Hayraton” yangi tranzit yo`nalishi bo`ylab konteyner poezdini sinov tariqasida ishga tushirish boshlandi'ning rasmi

"Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston-Afg`oniston" multimodal yo`lagini rivojlantirish maqsadida “Qashg`ar – O`sh – Andijon – G`alaba – Hayraton” yangi tranzit yo`nalishi bo`ylab konteyner poezdini sinov tariqasida ishga tushirish boshlandi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ayni paytda mazkur yo`nalish bo`yicha 12 dona 40 futlik konteynerdan iborat birinchi poezd mamlakatimiz hududi orqali yo`lga chiqmoqda.

“Xitoy – Qirg`iziston – O`zbekiston – Afg`oniston” yangi multimodal yo`lagi bo`ylab yuk tashish Qashg`ar (Xitoy) t/y stansiyasidan O`sh (Qirg`iziston) t/y stansiyasiga avtomobil orqali, so`ngra “Mozori Sharif” (Afg`oniston) stansiyasigacha O`zbekiston hududidan temir yo`l orqali amalga oshiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar