Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mamlakatda harbiy safarbarlik e`lon qilinishi haqidagi murojaati ortidan Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham o`z murojaatini e`lon qildi.
Qisman safarbarlik doirasida 300 ming rezervchi chaqiriladi, dedi Rossiya mudofaa vaziri.
Uning so`zlariga ko`ra, Rossiyada katta safarbarlik resursi mavjud – deyarli 25 mln. Gap xizmat qilgan, jangovar tajribaga ega, harbiy mutaxassislikka ega bo`lganlar haqida bormoqda.
Ukraina 100 mingdan ortiq qurbon va yaradorlarni yo`qotdi, bu uning dastlabki armiyasining yarmi, dedi Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu.
Qayd etilishicha, Rossiyaning yo`qotishlari 5937 kishini tashkil etdi.
Shoyguning ta`kidlashicha, Rossiya Ukraina bilan emas, balki kollektiv G`arb bilan kurashmoqda.
"Kiev G`arbdan juda ko`p miqdorda etkazib berilgan qurollar bilan kurashmoqda. Aynan shu quroldan Donbassda tinch aholiga qarata o`t ochiladi", - degan u o`z murojaatida.