1

DXX Navoiyda ikki advokatning noqonuniy faoliyatiga chek qo`ydi

Jinoyat 21.09.2022, 14:41
DXX Navoiyda ikki advokatning noqonuniy faoliyatiga chek qo`ydi

Navoiy shahridagi advokatlar hay`ati advokati “H.Q.” mahalliy fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan qo`zg`atilib, tergov qilinayotgan jinoyat ishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 8 ming AQSh dollari talab qiladi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati Darakchi.uz`ga ma`lum qildi.

Advokat so`ralgan pul mablag`idan 7500 AQSh dollarini olgan vaqtida DXXning Navoiy viloyati bo`yicha boshqarmasi va IJQK Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida “H.Q.” 7500 AQSh dollaridan 1500 AQSh dollarini o`zining ulushi sifatida olib, qolgan qismini hamkasbi - Navoiy shahridagi advokatlik firmasi advokati “F.N.”ga berishi kerakligi ma`lum bo`ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, “F.N.” 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan “H.Q.” va “F.N.”larga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1