AsosiyJamiyat

“Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturi Toshkent viloyatidan boshlanadi

'“Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturi Toshkent viloyatidan boshlanadi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bir qator vazirlar, viloyat mas`ullari va faollari ishtirokidagi yig`ilish bo`lib o`tmoqda. 

Unda davlat rahbari tomonidan mutasaddilarga quyidagi topshiriqlar belgilab berildi:

  • kelgusi yilga ehtiyojmand aholi uy-joy ipotekasi uchun 100 milliard so`m subsidiya ajratish;
  • Zangiota tumanida “Yangi O`zbekiston” massivini qurish bo`yicha taklif kiritish;
  • Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod, Ohangaron, Nurafshon va Yangiyo`l shaharlarida 19 ta avariya holatidagi ko`p qavatli uylarda yashovchilarni zamonaviy uy-joy bilan ta`minlash chorasini ko`rish topshirildi.

Prezident viloyatdagi har bir fuqaroga bir marta yangi qurilgan xonadonni imtiyozli ipotekaga olish imkoniyatini berish kerakligini ta`kidladi. Shu munosabat bilan kelgusi yildan “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturini Toshkent viloyatidan boshlash taklif qilindi.

    Boshqa yangiliklar