AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida turizm bo`yicha favqulodda holat e`lon qilinadi

'Toshkent viloyatida turizm bo`yicha favqulodda holat e`lon qilinadi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bir qator vazirlar, viloyat mas`ullari va faollari ishtirokidagi yig`ilish bo`lib o`tmoqda.

Unda davlat rahbari Toshkent viloyatidagi turizm sohasi imkoniyatlaridan etarlicha foydalanilmayotganini tanqid qildi.

"Dam olish kunlari Toshkent viloyati yo`llarida katta tirbandliklar bo`ladi. Chunki hamma Bo`stonliqqa chiqadi. Nega Parkentda ham shunaqa tizim qilmaymiz? Parkent shashligi va somsasini ko`pchilik yaxshi ko`radi-ku. Kecha barcha mas`ullarga topshiriq berdim, Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish bo`yicha favqulodda holat e`lon qilamiz. Asosiy yuk Bo`stonliqqa tushyapti, lekin bu erda ham loyihalar oxiriga etkazilmagan, o`z holiga tashlab qo`yilgan.

Shuncha imkoniyatimiz bor, lekin foydalanmaymiz. Odamlarga sharoit yaratib berilsa, dam olishga chiqishni xohlaydigan juda ko`p. Xudoga shukr, xalqimizda pul bor. Lekin ularga etarli sharoit yo`q.

Parkent, Angren va Ohangaron tog`li hududlarida zamonaviy turizm klasterlarini tashkil etish ishlarini boshlash vaqti keldi", — dedi davlat rahbari.

 

    Boshqa yangiliklar