AsosiyJamiyat

15 ming talabaga mo`ljallangan Nurafshon davlat universiteti faoliyati yo`lga qo`yiladi

'15 ming talabaga mo`ljallangan Nurafshon davlat universiteti faoliyati yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bir qator vazirlar, viloyat mas`ullari va faollari ishtirokidagi yig`ilish bo`lib o`tmoqda. 

Unda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimidagi muammolarni hal qilish bo`yicha taklif va rejalar bayon qilindi.

Davlatimiz rahbari ijtimoiy soha ob`ektlarini ta`mirlash bo`yicha loyiha hujjatlarini o`z vaqtida tayyorlash zarurligini ta`kidladi, ta`mirlash ishlari o`quv yili boshlanishidan o`tib ketmasligi haqida mutasaddilarni qattiq ogohlantirdi.

Olmaliq shahridagi 80-son maxsus maktab va Angren shahridagi 73-son maktab-internatni kelgusi yilda ta`mirlash vazifasi qo`yildi.

Xorijiy ekspertni jalb qilib, 15 ming talabaga mo`ljallangan Nurafshon davlat universiteti faoliyatini keyingi o`quv yilida yo`lga qo`yish topshirildi.

Sog`liqni saqlash vazirligiga yil yakuniga qadar 500 nafar og`ir bemorlarni respublika markazlarida sog`lomlashtirish choralarini ko`rish topshirildi.

Viloyat markazida barcha tibbiy xizmatlarni ko`rsatadigan yagona markaz yo`qligi qayd etilib, mutasaddilarga xorijiy loyihachilarni jalb qilib, kelgusi yildan Nurafshon ko`p tarmoqli tibbiyot markazi qurilish ishlarini boshlash vazifasi qo`yildi.

 

    Boshqa yangiliklar