Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi paxta dalalardan biriga kirib ketgan molni otib o`ldirishgani bilan bog`liq xabar tarqaldi.
Videoda to`pponchadan ikki marotaba o`q uzilgani aks etadi.
Viloyat IIB sodir bo`lgan bu holat bo`yicha munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, hodisa Uychi tumanida sodir bo`lgan.
"Hozirda videotasvirdagi fuqarolar tuman IIBga keltirilib, holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda", — deyiladi aybdorlarga qonunda belgilangan tartibda chora ko`rilishi ta`minlanshi bildirilib.