AsosiyJamiyat

Endi "korobka" uylar uchun ham subsidiya beriladi

'Endi "korobka" uylar uchun ham subsidiya beriladi'ning rasmi

"Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo`shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj aholini qo`llab-quvvatlash, ipoteka krediti mexanizmlaridan foydalanish amaliyotini yanada takomillashtirish va kengaytirish maqsadida aholiga qator qulayliklar yaratilishi belgilab qo`yildi.

Jumladan, 2022 yil 1 noyabrdan boshlab, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga bo`lingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo`yicha dastlabki badalning va ipoteka krediti bo`yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar