1

Qirg`iziston bitimlarga zid ravishda harbiy kuchlarini chegara yaqinidagi aholi punktlarida yashirin saqlab turibdi – Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin

Jamiyat 25.09.2022, 08:35
Qirg`iziston bitimlarga zid ravishda harbiy kuchlarini chegara yaqinidagi aholi punktlarida yashirin saqlab turibdi – Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida so`zlagan nutqida Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin Qirg`iziston va Tojikiston chegarasidagi voqealarga e`tibor qaratdi. Bu haqda "Amerika ovozi" xabar berdi.

"Tojikiston o`z hududida fuqarolik urushini boshidan kechirgan davlat sifatida tinchlik qadrini yaxshi biladi. Qo`shni Xitoy va O`zbekiston bilan chegara bo`yicha murosa diplomatiyasiga a`lo darajada amal qilayotgan davlat sifatida etarli tajribaga ega.

Afsuski, o`zaro imzolangan o`nlab protokollarga Qirg`iziston hukumati amal qilmayapti. Avvalgi hujjatlar Qirg`izistonda hokimiyat o`zgarishi bilan o`z kuchini yo`qotib, bir tomon manfaatlariga xizmat qilmoqda", - dedi Sirojiddin Muhriddin.

Diplomatning ta`kidlashicha, chegara bo`yicha kelishuvlar BMT hujjatlari va xalqaro standartlar asosida hal etilishi kerak. Bunga amal qilayotgan Tojikiston agressormi yoki amal qilmayotgan Qirg`iziston agressormi, degan savol tashladi u.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1