AsosiyDunyo

Qozog`iston chegarasida harbiy xizmatdan qochgan rossiyaliklar qo`lga olindi

'Qozog`iston chegarasida harbiy xizmatdan qochgan rossiyaliklar qo`lga olindi'ning rasmi

Qozog`iston chegarachilari uch nafar Rossiya fuqarosini qo`lga oldi, deb xabar bermoqda Milliy xavfsizlik qo`mitasi. Unga ko`ra, ular qisman safarbarlikdan yashirinib, Qo`stanay viloyati bilan chegarani noqonuniy kesib o`tishga uringan. Qochoqlar Rossiya tomoniga topshirilgan.

“25 sentyabr kuni Chegara xizmatining Qo`stanay viloyati bo`yicha departamenti joylashgan hududda Tobil departamentining chegara otryadi mavjud nazorat-o`tkazish punktini chetlab o`tib chegarani buzgan uch nafar Rossiya Federasiyasi fuqarosini qo`lga oldi. Qoidabuzarlar o`z harakatlarini Rossiya hududida amalga oshirilayotgan qisman safarbarlikdan qochish istagi bilan izohlamoqda”, — deyiladi xabarda.

21 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin qisman safarbarlikni e`lon qilgandan ikki kundan so`ng Qozog`iston chegara xizmati mamlakatga kirib kelayotgan rossiyaliklar soni ortgani haqida xabar berdi.

22 sentyabr kuni Qozog`iston parlamenti senati raisi rasmiylar rossiyaliklarning kirishiga chek qo`ymasligini, zarur hujjatlar bo`lsa, ularga yashash uchun ruxsatnoma berilishini aytgan. 

    Boshqa yangiliklar