AsosiyJamiyat

Ota-ona nodavlat ta`lim muassasalariga bergan farzandi uchun 3 mln. so`m miqdorida soliqdan ozod etiladi. Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?

'Ota-ona nodavlat ta`lim muassasalariga bergan farzandi uchun 3 mln. so`m miqdorida soliqdan ozod etiladi.  Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?'ning rasmi

Xabaringiz bor, ota-ona yoki farzandlikka oluvchining nodavlat maktabgacha yoki maktab ta`lim tashkilotida o`qish uchun har bir farzandiga oyiga 3 mln so`m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.

Davlat  soliq qo`mitasi ushbu imtiyoz qanday ishlashi haqida tushuntirish berdi.

Nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotiyoki maktabda ta`lim pullik hisoblanadi.

Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so`m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan. 

Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo`yicha har oyda 720 ming so`m (6 mln so`mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so`m ish haqi hisoblanadi. 

U buxgalteriyaga o`z farzandining ta`minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so`m o`tkazish haqida ariza taqdim etadi. 

Ushbu 2,5 mln so`m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so`m (6 mln so`m - 2,5 mln so`m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so`mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 300 ming so`m tejaydi.

Imtiyoz qanday qo`llaniladi? 

Ota (ona) imtiyozni:
- o`z korxonangizning buxgalteriyasiga mablag`larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta`lim tashkilotiga o`tkazish haqida ariza va to`lovga schyot (shartnoma) taqdim etgan holda ish joyi bo`yicha;
- soliq xizmatiga yil yakunlari bo`yicha daromadlar to`g`risida deklarasiya va o`qish uchun to`lov amalga oshirilganligi to`g`risida hujjatlarni taqdim etgan holda qo`llashi mumkin.

    Boshqa yangiliklar