AsosiyJamiyat

Yoshlar ishlari agentligining volontyorlik faoliyatiga qator vakolatlar berilmoqda

'Yoshlar ishlari agentligining volontyorlik faoliyatiga qator vakolatlar berilmoqda'ning rasmi

Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilanmoqda.  Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev xabar berdi.

Agentlikka volontyorlik faoliyati sohasida bir qator vakolatlar berilmoqda. Jumladan:

  • ️ volontyorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;  

 

  • ️ volontyorlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o`z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi;  

 

  • ️ volontyorlik faoliyati to`g`risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoring yuritadi;  

 

  • ️ volontyorlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

 

Qonun loyihasi birinchi o`qishda qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar