1

ShHTning Samarqand sammiti yakunlariga bag`ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirokchilar “Samarqand deklarasiyasi”ning ahamiyatiga yuqori baho bermoqda

Jamiyat 29.09.2022, 16:42
ShHTning Samarqand sammiti yakunlariga bag`ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirokchilar “Samarqand deklarasiyasi”ning ahamiyatiga yuqori baho bermoqda

Avval xabar berganimizdek, Poytaxtimizda Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti yakunlariga bag`ishlangan xalqaro konferensiya ishi davom etmoqda.
“Samarqand deklarasiyasi” beqarorlik va noaniqlik ortib borayotgan bir sharoitda rivojlanishning aniq yo`nalishlarini belgilab beradi”. Xitoy jamoatchilik fanlari akademiyasi Rossiya, Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo institutining Markaziy Osiyo tadqiqotlari bo`limi rahbari Chjan Nin Toshkentda bo`lib o`tayotgan ShHT ning Samaqand sammiti yakunlariga bag`ishlangan xalqaro anjumanda, jumladan, shu fikrni ham aytdi.
Chjan Nin ta`kidlashicha, sammitda qabul qilingan “Samarqand deklarasiyasi”da ShHTning xalqaro siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik, gumanitar, shuningdek xalqaro tartib va barqaror rivojlanish konsepsiyasi kabi qator masalalar bo`yicha har tomonlama yondashuvi aks etgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo instituti, O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti va ShHT ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo`mitasi hamkorligida tashkil etilib, unda ShHT ga a`zo davlatlar, shuningdek, ko`plab horijiy mamlakatlar, jumladan, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya Vengriya tahliliy markazlaridan 30 dan ortiq vakil ishtirok etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1